Ta’tilga chiqqan talabalar Andijonga yetib olishlari uchun bepul transport yo‘lga qo‘yiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGori pri vyezde v Sherabad
Gori pri vyezde v Sherabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.12.2022
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan qishki ta’tilga chiqqan andijonlik talabalar o‘z uylariga yetib olishlari uchun 25 ta yengil avtomobil ajratildi.
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan andijonlik talabalarga uyga yetib olishlari uchun maxsus yo‘nalishsiz taksi tashkil etilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyati hokimi tashabbusi bilan qishki ta’tilga chiqqan andijonlik talabalar o‘z uylariga yetib olishlari uchun 25 ta yengil avtomobil ajratildi.

"Avtomobillar karvoni 27-dekabr kuni soat 12:00 da Toshkentdagi O‘zbekiston mehmonxonasidan Andijonga yo‘l oladi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 26-dekabridan 2023-yilning 9-yanvariga qadar etib belgilangan. OTMlarning talabalar turar joylari 2023-yil 5-yanvardan o‘z faoliyatini boshlaydi.
Talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi temir yo‘l va aviaqatnovlar uchun 50% chegirmalar e’lon qilingan. Chegirmalar 22-dekabrdan 10-yanvargacha amal qiladi. Chiptalarni sotib olish uchun pasport va talabalik guvohnomasi talab etiladi.
Salon avtobusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Andijonda talabalar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Yangiliklar lentasi
0