“Xalq fronti” faollari rossiyalik harbiylar uchun yordam yetkazib berishdi

Obuna bo‘lish
Faollari Zaporojye yo‘nalishida jang qilayotgan Rossiya Qurolli kuchlari harbiylariga keraklik ayrim narsalarni yetkazib berishdi.
“Umumrossiya Xalq fronti” jamoat harakati faollari Zaporojye yo‘nalishida jang qilayotgan Rossiya Qurolli kuchlari harbiylariga bir nechta yo‘ltanlamas, kvadrokopterlar, taktik tibbiyot komplektlarini yetkazib berishdi.
"Yig‘ish haqida e’lon berganimizda 1,5 million kishi chaqirig‘imizga javob berdi. Bir oyda 4,5 milliard rubl yig‘dik. Bunga 55 ta mashina, gumanitar yuk, va kerakli narsalar: baflar, pechlar, ko‘chma hammom olib keldik. Lugansk, Donesk, Zaporojyedagi yigitlarimizga yetkazib berapmiz. Qismlarga, adashmasam, 5 ta mashina yetkazib berdik. Bular “Niva”, UAZ va albatta ko‘p gumanitar yuk: bronjiletlar, kaskalar, kvadrokopterlar, yigitlar uchun issiq liboslar”, - deydi “Xalq fronti” vakillaridan biri RIA Novosti bilan suhbatda.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0