Tatariston texnoparki “UzAuto Trailer” tirkamalar zavodini xarid qiladi

© Foto: UzAuto TrailerUzAuto Trailer
UzAuto Trailer - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa maxsus texnika ishlab chiqaruvchi yirik korxona 561,1 milliard so‘mga "Ximgrad"ga sotilgan.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. “UzAuto Trailer” ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi Rossiya (Tatariston)ning "Ximgrad" texnopolis sanoat parkiga 561,1 mlrd so‘mga sotish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Sotuv jarayonida "Mosaic Financial" konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant vazifasini bajargan. Xalqaro baholovchi kompaniya "PricewaterhouseCoopers" korxonani mustaqil baholagan.
“Majburiyatga ega bo‘lgan takliflarni belgilangan malaka mezonlariga muvofiqligi, mintaqadagi ish faoliyati, Bitimni yopish shartlari va Korxonaning baholangan qiymatidan yuqoriligi bo‘yicha eng yaxshi xarid qiymatini taqdim etgan “Innovatsionniy industrialniy park-Texnopark v sfere visokix texnologiy “Texnopolis “Ximgrad” AJ xalqaro tender natijalari bo‘yicha g‘olib deb topildi”, - deyilgan xabarda.
"UzAuto Trailer"ning davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlandi
Ma’lumot uchun, “Ximgrad” texnopolis sanoat parki – Qozon shahrida joylashgan sanoat parki. Umumiy maydoni 131 gektar, bino va inshootlarning loyihalash maydoni 500 ming kvadrat metrdan oshadi. Sanoat parki rezidentlari past tonnajli kimyo, polimerlarni qayta ishlash, nanotexnologiyalar, resurslarni tejash va energiya samaradorligi, tibbiyot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi kichik va o‘rta biznes subyektlari hisoblanadi.
Joriy yilning mart oyida Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki “Ximgrad” texnopolisi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
“UzAuto Trailer” korxonasi 2012-yil 4-iyunda Samarqand viloyati Jomboy tumanida tashkil etilgan. Korxonada tirkama texnikalari va turli xil yuk avtomobillari (shassi) uchun osma texnikalarini ishlab chiqariladi. Korxonaning loyihaviy quvvati 3 000 donagacha: 2 000 dona yarim tirkama va 1 000 dona osma texnika, Iqtisodiyotning turli tarmog‘ini ta’minlash uchun keng qamrovli avtomobil texnikalarini, shu jumladan samosval kuzovi, yarim tirkamalar, konteyner tashuvchilar, tentli kuzovlar, izotermik yarim tirkamalar va furgonlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan, ustav kapitali 156,3 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0