Tadbirkorlar uchun soliqlar hududning sharoitidan kelib chiqib belgilanadi

© Pexels / Olia DanilevichNalogi
Nalogi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Respublikadagi 20 ta eng og‘ir sharoitli tumanlarda tadbirkorlar uchun soliqlar 1 foiz bo‘ladi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Endilikda tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun, soliq stavkalari har xil bo‘ladi, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaati chog‘ida.
Davlat rahbariga ko‘ra, respublikadagi 20 ta eng og‘ir sharoitli tuman uchun:
aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig‘i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1 foiz miqdorida belgilaymiz;
mazkur tumanlardagi tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning atigi 1 foizini to‘laydi;
yakka tadbirkorlar qat’iy stavkadagi soliqlarni to‘lashdan ozod etiladi.
Xuddi shunday, boshqa toifadagi tumanlarda kreditlarga pasaytirilgan foiz stavkalarini qo‘llash, infratuzilma xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish kabi bir qator yengilliklar beriladi.
“Budjet xarajatlari, aholi va tadbirkorlar oldidagi majburiyat-larimizni qisqartirmagan holda, biznesga soliq yukini kamaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettiramiz”, - dedi prezident.
Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir.Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi.
O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2018-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar hamda ijtimoiy rivojlanish, ilm-fan va raqamli iqtisodni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlashg va mahallani mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0