https://oz.sputniknews.uz/20221220/sankt-peterburgda-26-27-dekabrda-mdh-rahbarlarining-norasmiy-sammiti-bolib-otadi-30903903.html
Sankt-Peterburgda 26-27 dekabrda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
Sankt-Peterburgda 26-27 dekabrda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlari uchrashishadi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T19:47+0500
2022-12-20T19:47+0500
2022-12-20T19:47+0500
rossiya
mdh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30903632_0:45:1435:852_1920x0_80_0_0_adfdc857e8d249d5cab345ace5e45386.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma’lum qildi.“Keyingi hafta MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining Sankt-Peterburgda muhim norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rossiya prezidentining taklifiga binoan bu uchrashuv 26-27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki, bu bizning hamkorligimizga qo‘shimcha turtki beradi”, — dedi Lebedov.Avvalroq Rossiya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov dekabr oxirida Sankt-Peterburgda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitini o‘tkazish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi, biroq aniq sanaga oydinlik kiritmagan edi.Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashgan edi.Unda ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30903632_119:0:1314:896_1920x0_80_0_0_a5a89f5840787bc971a3288a529f8620.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, mdh
Sankt-Peterburgda 26-27 dekabrda MDH rahbarlarining norasmiy sammiti bo‘lib o‘tadi
26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlari uchrashishadi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev ma’lum qildi.
“Keyingi hafta MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining Sankt-Peterburgda muhim norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Rossiya prezidentining taklifiga binoan bu uchrashuv 26-27 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Umid qilamizki, bu bizning hamkorligimizga qo‘shimcha turtki beradi”, —
dedi Lebedov.
Avvalroq Rossiya prezidentining xalqaro ishlar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov dekabr oxirida Sankt-Peterburgda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitini o‘tkazish rejalashtirilayotganini
ma’lum qilgan edi, biroq aniq sanaga oydinlik kiritmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, 7-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin tashabbusi bilan Sankt-Peterburg shahrida MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi
bo‘lib o‘tgan edi. Sammitda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan qatnashgan edi.
Unda ko‘p tomonlama hamkorlik va mintaqaviy sheriklikning muhim jihatlari muhokama qilingan edi.