Prezident 2023-yil nomini e’lon qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana
Obrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Yil nomini prezident 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qildi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim" yili deb e’lon qildi. Yil nomi prezidentning 20-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida ma’lum qilindi.

"Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz", - dedi davlat rahbari.

Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir. Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi.

O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda. Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2018-yildan buyon davom ettirib kelmoqda.

O‘tgan yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar hamda ijtimoiy rivojlanish, ilm-fan va raqamli iqtisodni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlash va mahallani mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0