https://oz.sputniknews.uz/20221220/mirziyoev-10-ta-kompaniya-va-banklar-aktsiyalari-aholi-uchun-ochiq-savdoga-chiqariladi-30896372.html
Mirziyoyev: 10 ta kompaniya va banklar aksiyalari aholi uchun ochiq savdoga chiqariladi
Mirziyoyev: 10 ta kompaniya va banklar aksiyalari aholi uchun ochiq savdoga chiqariladi
Sputnik O‘zbekiston
Faol investitsiyalar jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sherikchilik imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T14:55+0500
2022-12-20T14:55+0500
2022-12-20T14:55+0500
jamiyat
shavkat mirziyoyev
mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30895484_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_5b5ad9276ec325831905ec2b6000f564.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 2023-yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklari aksiyalari aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatida shu haqda aytib o‘tdi.U bu chinakam xalq IPO’si bo‘lishiga ishonch bildirdi va “xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan so‘zlarini takrorladi.Davlat rahbari faol investitsiyalar jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sherikchilik imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.Uning so‘zlariga ko‘ra, metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan katta dasturlar, besh yildan keyin misni 3 barobarga (500 ming tonna), oltinni esa yiliga 150 tonnagacha oshirish imkonini beradi. Kimyo, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligida ham katta-katta loyihalar ishga tushiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30895484_73:0:1208:851_1920x0_80_0_0_7db3ec0ad3f512f766d2fd6c1c761990.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, shavkat mirziyoyev, mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
jamiyat, shavkat mirziyoyev, mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
Mirziyoyev: 10 ta kompaniya va banklar aksiyalari aholi uchun ochiq savdoga chiqariladi
Faol investitsiyalar jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sherikchilik imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. 2023-yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklari aksiyalari aholi uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatida shu haqda aytib o‘tdi.
“Bugun ko‘nglimdagi bitta niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin. Shuning uchun, topshiriq berdim. Keyingi yilda eng yirik 10 ta kompaniyalar va tijorat banklarimizni aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi”, - dedi prezident.
U bu chinakam xalq IPO’si bo‘lishiga ishonch bildirdi va “xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan so‘zlarini takrorladi.
Davlat rahbari faol investitsiyalar jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sherikchilik imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.
“Kelasi yili “katta xususiylashtirish”ni boshlaymiz, mingga yaqin korxonalar savdoga chiqariladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan katta dasturlar, besh yildan keyin misni 3 barobarga (500 ming tonna), oltinni esa yiliga 150 tonnagacha oshirish imkonini beradi. Kimyo, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi mashinasozligida ham katta-katta loyihalar ishga tushiriladi.