Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 19-dekabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto
Voyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutka davomida Rossiya qo‘shinlari oldinga siljish va dushman kuch to‘plagan hududlarga masofadan zarba berish taktikasini davom ettirdi.
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Donbassda olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy xabarlari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyatining Ivanovka va LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududlarida to‘plangan UQK va harbiy texnikasiga artilleriya zarbasi berildi. Natijada 20 nafar ukrainalik harbiy, bir BMP va ikkita mashina yo‘q qilindi.
Krasno-Liman yo‘nalishida LXRning Stelmaxovka va Chervonaya Dibrova a=oli punktlari hamda va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida to‘plangan UQK bo‘linmalariga artilleriya hujumi uyushtirildi.
Undan tashqari, LXRning Rozovka qishlog‘i hududida Ukrainaning to‘rtta diversion guruhi yo‘q qilindi. Krasno-Liman yo‘nalishida dushmanning umumiy yo‘qotishlari 70 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita yuk mashinasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari hujum natijasida yanada qulayroq pozitsiyalarni egallab olishdi. Artilleriya yordamida DXRning Spornoe, Novgorodskoe, Vodanoe, Leninskoe va Nevelskoe aholi punktlari yo‘nalishidagi dushman qarshi razvedka urinishlarini puchga chiqardi. Ushbu yshnalishda bir sutkada 130 dan ortiq ukrainalik harbiylar, ikkita tank, uchta zirhli jangovar mashina va uchta avtomobil yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida DXRning Novomixaylovka, Vladimirovka va Novoselka aholi punktlari yaqinida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 108-hududiy mudofaa brigadasining taktik guruhlariga artilleriya zarbasi berildi.
DXRning Nikolskoe aholi punkti hududida UQKning ikkita diversion guruhi yo‘q qilindi. Ushbu yo‘nalishda dushmanning umumiy yo‘qotishlari 80 nafar ukrainalik askar, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta yuk mashinasini tashkil qildi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya yordamida DXRning Konstantinopol hamda Xerson viloyatinining Veletenskoe aholi punktlari hududida joylashgan UQKning "Yug" maxsus operatsiyalar markazi guruhi, 61 - piyoda-yegerlar brigadasi, 124-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalarining vaqtincha joylashtirish nuqtalariga zarba berildi.
Bundan tashqari, UQKning 56 ta artilleriya bo‘linmalari 139 ta o‘q otish pozitsiyalariga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari LXRning Melovatka, Ploshanka, Nijnyaya Duvanka, DXRning Volnovaxa, Nikolayevka, Zaporoje viloyatining Priyutnoe va Xerson viloyatining Qairi aholi punktlari hududlarida kuniga sakkizta Ukraina uchuvchisiz uchish apparatlarini urib tushirdi.
DXRning Sladkoe, Debalsovo, LXRning Kremennaya va Zaporojye viloyatining Lyubimovka aholi punktlari hududlarida HIMARS va "Uragan" raketa tizimlarining oltita raketasi tutib olindi.
Belgorod viloyati havo hududida Amerikaning to‘rtta HARM antiradar raketalariurib tushirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina Qurolli kuchlari jami 344 ta samolyot, 184 ta vertolot, 2684 ta uchuvchisiz uchish apparati, 398 ta zenit-raketa kompleksi, 7159 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 931 ta ko‘p raketa tizimlariga ega jangovar texnika, 3691 ta maydon artilleriya qismlari va minomotlari, shuningdek, 7664 dona maxsus harbiy texnika.
Yangiliklar lentasi
0