https://oz.sputniknews.uz/20221220/kievga-qurol-berish-aqshning-nizolarga-shayligini-zaiflashtirdi--oav-30903328.html
Kiyevga qurol berish AQShning nizolarga shayligini zaiflashtirdi – OAV
Kiyevga qurol berish AQShning nizolarga shayligini zaiflashtirdi – OAV
Sputnik O‘zbekiston
Ukrainadagi mojaro AQShning tashqi majburiyatlari ko‘lami va sanoatning cheklanganini ko‘rsatib qo‘ydi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T18:56+0500
2022-12-20T18:56+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
ukraina
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24969052_0:158:1024:734_1920x0_80_0_0_2eb214670b8c0eee50a4861f92adfb2d.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik harbiy yordamning o‘tkazilishi AQSh zaxiralarini tugatdi va AQSh armiyasining qurolli mojaroga tayyorligini zaiflashtirdi, deb yozadi "Wall Street Journal".Qayd etilishicha, Ukrainadagi mojaro AQShning tashqi majburiyatlari ko‘lami va sanoatning cheklanganini ko‘rsatib qo‘ydi.Avvalroq "Financial Times" Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb davlatlari orasida zaxiralar tugab borayotgan bir paytda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, jumladan, raqobatchi davlatlar, jumladan, Xitoyga ham o‘zini himoya qilish uchun yetarlicha qurol ishlab chiqarish qobiliyatini namoyish etish zarurati borasida xavotirlar ortib borayotgani haqida yozgan edi.OAV: Ukraina tufayli Germaniyaning ikki kunlik jangga yetadigan qurol-yarog‘ zaxirasi qolganPolshaning NATOdagi elchisi Tomash Shatkovskiy avvalroq alyans mamlakatlari harbiy texnikasi omborlari Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam tufayli bo‘shab borayotganini aytgandi.Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynayotganini” ta’kidladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘larni yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligini va salbiy ta’sir ko‘rsatishini urg‘ulagan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/02/24969052_0:0:1024:768_1920x0_80_0_0_32b92de3a2a92d23a93ea38546e1a14a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, aqsh, rossiya
dunyoda, ukraina, aqsh, rossiya
Kiyevga qurol berish AQShning nizolarga shayligini zaiflashtirdi – OAV
18:56 20.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Ukrainadagi mojaro AQShning tashqi majburiyatlari ko‘lami va sanoatning cheklanganini ko‘rsatib qo‘ydi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik harbiy yordamning o‘tkazilishi AQSh zaxiralarini tugatdi va AQSh armiyasining qurolli mojaroga tayyorligini zaiflashtirdi, deb
yozadi "Wall Street Journal".
“Vashington fevral oyidan beri Kiyevga qiymati 19 milliard dollardan ortiq harbiy yordam, jumladan Pentagonning o‘z zaxirasidan minglab uzoq masofali raketalar va millionlab o‘qlar yubordi. Bu ukrainaliklarga ruslarga qarshi turishga yordam berdi, ammo Amerika ta’minoti ham tugadi va qurolli kuchlarimizning urushga tayyorligini zaiflashtirdi”, - deyiladi nashr maqolasida.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi mojaro AQShning tashqi majburiyatlari ko‘lami va sanoatning cheklanganini ko‘rsatib qo‘ydi.
Avvalroq "Financial Times" Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb davlatlari orasida zaxiralar tugab borayotgan bir paytda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, jumladan, raqobatchi davlatlar, jumladan, Xitoyga ham o‘zini himoya qilish uchun yetarlicha qurol ishlab chiqarish qobiliyatini namoyish etish zarurati borasida xavotirlar ortib borayotgani haqida yozgan edi.
Polshaning NATOdagi elchisi Tomash Shatkovskiy avvalroq alyans mamlakatlari harbiy texnikasi omborlari Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam tufayli bo‘shab borayotganini aytgandi.
Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynayotganini” ta’kidladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘larni yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligini va salbiy ta’sir ko‘rsatishini urg‘ulagan.