Kelasi yil imtiyozli ta’lim kreditlari uchun 1,7 trillion so‘m ajratiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Imtiyozli ta’lim kreditlari, ilm-fan va innovatsiyalar uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ ko‘paytiriladi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatida aytib o‘tdi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu – 2017-yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p, degani.
Olimlarning ish haqi ham, 4,5 barobarga oshirilgan. Bularning hisobiga, nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etilgan. Kelasi yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratiladi.
“Endi, olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo‘nalishlarda aniq natijalar ko‘rsatishlari kerak”, - deydi Shavkat Mirziyoyev.
Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir.Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi.
O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2018-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar hamda ijtimoiy rivojlanish, ilm-fan va raqamli iqtisodni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlashg va mahallani mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar qo‘yilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0