Ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz - prezident

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPrezident respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev bu yil mamlakat tarixida ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqilganini ta’kidladi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev davlat sh haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish siyosatini izchil davom ettirishini ma’lum qildi.
"Biz, bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lmagan darajaga olib chiqdik. Misol uchun, 2017-yilda kam ta’minlangan 500 ming oila ijtimoiy yordam olgan bo‘lsa, bugunga kelib 2 milliondan ortiq oilalarga ko‘mak berilmoqda. Ajratilayotgan mablag‘lar esa, 7 baravar ko‘paytirilib, yiliga 11 trillion so‘mga yetdi. Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz. Har bir raqam ortida mashaqqatli mehnat yotibdi", — dedi prezident Oliy Majlisga murojaatida.
Yangiliklar lentasi
0