https://oz.sputniknews.uz/20221220/gaz-zaxiralarini-kopaytirish-uchun-10-yillik-dastur-qabul-qilinadi--prezident-30895298.html
Gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun 10-yillik dastur qabul qilinadi – prezident
Gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun 10-yillik dastur qabul qilinadi – prezident
Sputnik O‘zbekiston
Gazni avval yetib borilmagan nuqtalardan qazib olish boshlanadi. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T13:11+0500
2022-12-20T13:11+0500
2022-12-20T13:16+0500
jamiyat
gaz
shavkat mirziyoyev
mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30763946_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_117a8f99e68706fc44ec6984fe46818d.jpg
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida aytib o‘tdi.Qayd etilishicha, Usturtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.Shuningdek, prezident gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqilishi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini qo‘shimcha qildi.Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir.Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi.O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2018-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar hamda ijtimoiy rivojlanish, ilm-fan va raqamli iqtisodni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlashg va mahallani mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar qo‘yilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0f/30763946_122:0:1159:778_1920x0_80_0_0_78becb2c43e4427a5686025dadd0b70c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gaz, shavkat mirziyoyev, mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
jamiyat, gaz, shavkat mirziyoyev, mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
Gaz zaxiralarini ko‘paytirish uchun 10-yillik dastur qabul qilinadi – prezident
13:11 20.12.2022 (yangilandi: 13:16 20.12.2022) Gazni avval yetib borilmagan nuqtalardan qazib olish boshlanadi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga murojaatida aytib o‘tdi.
“Yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda (6 kilometrdan ko‘p) gaz qazib chiqarish ishlarini boshlaymiz. Hech qachon 6 kilometrdan pastga tushmaganmiz. Endi tushapmiz, imkoniyat katta, gaz bor. Lekin uni qazib olish qimmat”, - dedi prezident Mirziyoyev.
Qayd etilishicha, Usturtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.
Shuningdek, prezident gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqilishi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini qo‘shimcha qildi.
Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir.Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi.
O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2018-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar hamda ijtimoiy rivojlanish, ilm-fan va raqamli iqtisodni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlashg va mahallani mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar qo‘yilgan edi.