https://oz.sputniknews.uz/20221220/barcha-tuman-va-shaharlar-besh-toifaga-bolinadi-30894997.html
Barcha tuman va shaharlar besh toifaga bo‘linadi
Barcha tuman va shaharlar besh toifaga bo‘linadi
Sputnik O‘zbekiston
Barchaga bir xil yondashuv bo‘lmaydi. Tuman va shaharlar mavjud sharoiti imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqib besh toifaga ajratiladi - Mirziyoyev. 20.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-20T13:10+0500
2022-12-20T13:10+0500
2022-12-20T13:10+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30888603_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_17e6c9e8ecaef63f8c9ac3e3af63ac91.jpg
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Hududlar orasida iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish uchun yangi yondashuv joriy etiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy majlisga yo‘llgan murojaatnomasida aytib o‘tdi. "Tuman va shaharlar mavjud sharoiti imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqib besh toifaga ajratiladi. Hammaga bir xil topshirik bermaymiz. Sharoitiga qarab kreditini ham solig‘ini ham yo kamaytiramiz yo ko‘paytiramiz", - dedi prezident.Tumanda tadbirkorlik rivojlanish sharoiga qarab soliq stavkalar ham har xil bo‘ladi. Kreditlar ham pasaytirilgan foizlarda beriladi. Shunday harakat qilsak qoloq tumanlar ham rivojlangan tumanlarga yetib oladi, - dedi prezident. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda tadbirkorlarga soliq yukini umumiy hisobda ham kamaytirish rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi. "Biznesga soliq yukini kamaytirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Yangi yilning 1-yanvaridan QQS solig‘ini 15%dan 12%ga pasaytirish hisobidan tadbirkorlarda kamida 14 trln mso‘m mahblag‘ qoladi", - dedi prezident.Davlat rahbarining ushbu so‘zlarini tinglovchilar qarsaklar bilan kutib olishdi. Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir. Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi. O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda. Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2018-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar hamda ijtimoiy rivojlanish, ilm-fan va raqamli iqtisodni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlashg va mahallani mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar qo‘yilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/14/30888603_74:0:1211:853_1920x0_80_0_0_dde41d3642f2ee31bfa21388aa94725a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
iqtisod, shavkat mirziyoyev, mirziyoyevning oliy majlis senati va qonunchilik palatasiga murojaatnomasi
Barcha tuman va shaharlar besh toifaga bo‘linadi
Barchaga bir xil yondashuv bo‘lmaydi. Tuman va shaharlar mavjud sharoiti imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqib besh toifaga ajratiladi - Mirziyoyev.
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Hududlar orasida iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish uchun yangi yondashuv joriy etiladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy majlisga yo‘llgan murojaatnomasida aytib o‘tdi.
"Tuman va shaharlar mavjud sharoiti imkoniyati va salohiyatidan kelib chiqib besh toifaga ajratiladi. Hammaga bir xil topshirik bermaymiz. Sharoitiga qarab kreditini ham solig‘ini ham yo kamaytiramiz yo ko‘paytiramiz", - dedi prezident.
1.
Tadbirkorlik sharoitlari har tomonlama rivojlangan respublika bo‘yicha 26ta tuman eng yuqori 1 toifaga o‘tkaziladi.
2.
Infratuzilmasi yaxshi bo‘lgan 46ta tuman 2 toifaga bo‘linadi.
3.
Sharoitlari nistaban qoiqarli bo‘lgan 76 tuman.
4.
Jozibadorligi yetarldi bo‘lmagan 40 ta tuman to‘rtinchi toifaga.
5.
Sharoiti og‘ir bo‘lgan 20 ta tuman beshinchi toifaga kiritiladi.
Tumanda tadbirkorlik rivojlanish sharoiga qarab soliq stavkalar ham har xil bo‘ladi.
Maslan sharoiti eng og‘ir bo‘lgan beshinchi toifa tumanlar uchun aylanmadan olinadigan va ijtimoiy soliq 1% miqdorida belgilanadi. Yakka tadbirkorlar qat’iy stavka soliqlarini to‘lashdan ozod etiladi
Kreditlar ham pasaytirilgan foizlarda beriladi.
Shunday harakat qilsak qoloq tumanlar ham rivojlangan tumanlarga yetib oladi, - dedi prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda tadbirkorlarga soliq yukini umumiy hisobda ham kamaytirish rejalashtirilayotganini aytib o‘tdi.
"Biznesga soliq yukini kamaytirishni maqsad qilib qo‘yganmiz. Yangi yilning 1-yanvaridan QQS solig‘ini 15%dan 12%ga pasaytirish hisobidan tadbirkorlarda kamida 14 trln mso‘m mahblag‘ qoladi", - dedi prezident.
Davlat rahbarining ushbu so‘zlarini tinglovchilar qarsaklar bilan kutib olishdi.
Yil yakunida prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasi - mamlakat hayotida muhim voqeadir. Murojaatnomada yilning asosiy ko‘rsatkichlari, erishilgan yutuqlar hamda oldinga qo‘yilgan maqsad va vazifalar belgilab olinadi. Shuningdek kelayotgan yangi yilning nomi ham e’lon qilinadi.
O‘zbekistonda har bir yilni hayotning ma’lum bir sohasiga bag‘ishlash an’anasi 1997-yildan buyon amalga oshirilib kelinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ushbu an’anani 2018-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. O‘tgan yillarda O‘zbekistonda tadbirkorlik va innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar hamda ijtimoiy rivojlanish, ilm-fan va raqamli iqtisodni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda inson manfaatlarini ta’minlashg va mahallani mustahkamlash kabi ezgu maqsadlar qo‘yilgan edi.