Ekologik partiyaga yangi rais saylandi

© Ekologicheskaya partiya UzbekistanaIzbran noviy predsedatel Ekologicheskoy partii
Izbran noviy predsedatel Ekologicheskoy partii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Ekologik partiya Markaziy Kengashining navbatdagi Plenumi o‘tkazildi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Abdushukur Hamzayev O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
U bu lavozimga partiya Markaziy Kengashining navbatdagi plenumida saylangan.
Abdushukur Hamzayev 1973-yilda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida tug‘ilgan. 1995-yil Samarqand qishloq xo‘jalik institutini, 2013-yil Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi – agronom olim. Qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor.
2022 yil iyun oyidan buyon Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
17 ta qishloq xo‘jalik ekin navlari va 16 ta ixtiro patenti muallifi, uning 270 dan ziyod ilmiy ishlari chop etilgan.
Shuningdek, ekologiya, qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasida Xitoy, Yaponiya, Koreya, Isroil, Turkiya, Germaniya, Bolgariya kabi davlatlarda malaka oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Ekologiya qo‘mitasiga Narzullo Oblomurodov raislik qilayotgandi. U bu lavozimga 2021-yil 1-fevral kuni saylangandi. Keyinroq, o‘sha yil 30-dekabrda esa Oblomurodov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.
Yangiliklar lentasi
0