Toshkentda buyuk qozoq yozuvchisi Abay ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya
V Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
Obuna bo‘lish
Qozoq yozuvchisi va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Abay. “Qardosh xalqlar merosi” ko‘rgazmasi ochildi.
TOShKENT, 19 dek — Sputnik. O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida qozoq yozuvchisi va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Abay. “Qardosh xalqlar merosi” ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya
V Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
V Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya
Ko‘rgazmaning tantanali ochilishida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov, Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev, Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamkulov, “Jidebay-Borili” direktori Turdikul Shanbay va Tasviriy san’at galereyasi direktori Kamola Akilova ishtirok etishdi.

“Bu voqea O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Ishonchimiz komilki, bugun o‘z eshiklarini ochayotgan ko‘rgazma buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning insonvarparlik an’analarini saqlab qolgan Abay ijodini yanada yaxshiroq anglashga imkon beradi. Uning xalqlar tinch-totuvlikda yashashlari kerakligi, Sharq va G‘arb hamjihatligi haqidagi g‘oyalari bugungi kunda o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan”, - dedi Abduhakimov ochilish marosimida.

O‘z navbatida Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri Dauren Abayev O‘zbekiston tomoniga ko‘rgazmani tashkil etgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovV Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya
V Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.12.2022
V Tashkente proxodit vistavka, posvashennaya tvorchestvu velikogo kazaxskogo pisatelya Abaya

“Alisher Navoyi va Abay ijodi – nafaqat turkiy, balki umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtiruvchi buyuk meros. Garchi har ikki mutafakkir turli vaqtlarda yashab ijod qilishgan bo‘lsada, ularni insonparvarlikka intilish va nazmdagi islohotchilik ruhi birlashtirib turadi. Ular ikki qardosh xalqlarning ma’naviy arkonlaridir”, - deya ta’kidladi Abayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Abay Qo‘nonboyevning merosi kunlari” o‘tkazilishi haqida xabar qilingan edi. Ko‘rgazma 19-30 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Abay 1845-yilda Qozog‘istonning Semey viloyatiga qarashli Ayako‘z tumanining Qorauy ovulida boy xonadonda tug‘ilgan. Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, onasi Uljon va otasining onasi Ziyrak momo tomonidan erkalanib, Abay deb chaqirilgan. Keyinchalik bu nom shoirning taxallusiga aylangan.
Abay o‘z ijodida Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy an’analarini davom ettirgan. U Navoiyni o‘zining buyuk ustozi deb bilgan. Abay "Iskandar", "Mas’ud" dostonlari, "Qorako‘z" falsafiy didaktik asari, "Qish", "Burgutchi", "Kuz" kabi she’rlari, "Azim qissasi" dostoni, "Naqliya so‘zlar" (44 hikoyatdan iborat) majmuasi va boshqa asarlar muallifi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0