https://oz.sputniknews.uz/20221218/ukraina-rossiya-30820726.html
Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazdi – zaxiradagi AQSh polkovnigi
Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazdi – zaxiradagi AQSh polkovnigi
Sputnik O‘zbekiston
Zaxiradagi AQSh polkovnigi Richard Blek Ukraina Rossiya bilan mojaroda mag‘lub bo‘layotganini ma’lum qildi. 18.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-18T19:54+0500
2022-12-18T19:54+0500
2023-04-05T18:42+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/15/29335490_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_82e831e412a2673605fe92e33aa3c7f2.jpg
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazmoqda. Bu haqda zaxiradagi AQSh polkovnigi, Virjiniya shtatining sobiq senatori Richard Blek Shiller instituti tashkil etgan onlayn anjumanda ma’lum qildi.“Baxmut (Artyomovsk – tahr.) uchun davom etayotgan jang Ukraina armiyasi uchun asta-sekin halokatli bo‘ldi. <…> Rossiya Baxmut yaqinida g‘alaba qozonmoqda, Ukraina esa mag‘lub bo‘lmoqda. Bu vaziyat mojaro chog‘idagi asosiy strategik jang bo‘layotganidan dalolat beradi”, - dedi Blek.U AQSh shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli Ukraina Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi olg‘a siljishi dargumon ekanini tan olganini eslatdi. Shuningdek, Blek Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina armiyasi qariyb 100 ming kishini yo‘qotganini ma’lum qilganini misol qilib keltirgan.“Halok bo‘lgan ukrainlar soni dahshatli. Butun ukrainaliklar avlodi hozir janglarda halok bo‘lmoqda. O‘z armiyasidagi yo‘qotishlarni to‘ldirish uchun Ukraina aholisi juda kam. Urushda boy berildi”, - dedi Richard Blek.Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/15/29335490_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_36c0550a17eab1ee98f5a5b485d1978b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, rossiya
Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazdi – zaxiradagi AQSh polkovnigi
19:54 18.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Zaxiradagi AQSh polkovnigi Richard Blek Ukraina Rossiya bilan mojaroda mag‘lub bo‘layotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Ukraina Rossiya bilan mojaroda yutqazmoqda. Bu haqda zaxiradagi AQSh polkovnigi, Virjiniya shtatining sobiq senatori Richard Blek Shiller instituti tashkil etgan onlayn anjumanda ma’lum qildi.
“Baxmut (Artyomovsk – tahr.) uchun davom etayotgan jang Ukraina armiyasi uchun asta-sekin halokatli bo‘ldi. <…> Rossiya Baxmut yaqinida g‘alaba qozonmoqda, Ukraina esa mag‘lub bo‘lmoqda. Bu vaziyat mojaro chog‘idagi asosiy strategik jang bo‘layotganidan dalolat beradi”, -
dedi Blek.
U AQSh shtablari boshliqlari qo‘mitasi raisi Mark Milli Ukraina Rossiya Qurolli kuchlariga qarshi olg‘a siljishi dargumon ekanini tan olganini eslatdi. Shuningdek, Blek Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen Ukraina armiyasi qariyb 100 ming kishini yo‘qotganini ma’lum qilganini misol qilib keltirgan.
“Halok bo‘lgan ukrainlar soni dahshatli. Butun ukrainaliklar avlodi hozir janglarda halok bo‘lmoqda. O‘z armiyasidagi yo‘qotishlarni to‘ldirish uchun Ukraina aholisi juda kam. Urushda boy berildi”, - dedi Richard Blek.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.