Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasi qachon bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyovning Oliy Majlisga murojaatnomasi 20-dekabr kuni bo‘lishi kutilmoqda.
TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi kelayotgan hafta seshanba kuni, 20-dekabrda bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Xayrulla Nuriddinov “Menimcha” dasturida ma’lum qildi.

“Mamlakat taraqqiyotining eng muhim ustuvor vazifalari e’lon qilinadigan ushbu yillik murojaatnoma seshanba kuni (20 dekabr - tahr.) bo‘lishi kutilmoqda. O‘sha kun bizni, albatta, juda ko‘p yangilik kutmoqda”, - deydi jurnalist.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning Oliy Majlisga avvalgi murojaatnomasi 2020-yil 29-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea. 2017-yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0