Toshkentda kurash bo‘yicha musobaqalar boshlandi - foto

Obuna bo‘lish
Musobaqada barcha viloyatlardagi 25 dan ortiq vazirlik va tashkilotlardan 100ga yaqin polvonlar gilamga chiqadi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkentda kurash milliy sport turi bo‘yicha musobaqalar boshlandi. Kurashchilar o‘rtasidagi baxslar Universal sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“O‘zbek polvoni” musobaqasi gilamida erkaklar 73 kg, 81 kg, 90 kg, 100 kg +100 kg vazn toifasida, ayollar 3 ta 57 kg, 63 kg, 78 kg vazn toifalarida kurash olib boradi.
Musobaqada barcha viloyatlardagi 25 dan ortiq vazirlik va tashkilotlardan 100ga yaqin polvonlar gilamga chiqadi.
“O‘zbek polvoni” musobaqalarini o‘tkazishdan maqsad davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya, ommaviy va milliy sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, kurashni umumxalq sport sifatida keng targ‘ib etishdan iborat.
Tadbir Sportni rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi KFU tomonidan tashkil etilgan.
© Sputnik
Universal sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
1/6
© Sputnik
Universal sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
2/6
© Sputnik
Universal sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
3/6
© Sputnik
Universal sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
4/6
© Sputnik
Universal sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
5/6
© Sputnik
Universal sport majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
6/6
Yangiliklar lentasi
0