Qoraqalpog‘istonga qurilish vaziri tayinlandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovChinovnik s portfelem
Chinovnik s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Qurilish vaziri lavozimida ishlagan Jalgasbay Berdixanov boshqa ishga o‘tkazilgan.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Bugun, 16-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish vaziri lavozimiga Azimjon Saparbayevich Qurbanbayev tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shu munosabat bilan amaldagi qurilish vaziri Jalgasbay Primbetovich Berdixanov lavozimidan ozod etildi. U boshqa ishga o‘tgan, biroq lavozimga aniqlik kiritilmagan.
Azimjon Qurbanbayev 1975-yil Amudaryo tumanida tug‘ilgan. 1998-yili Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Qurilish vazirligi huzuridagi “Arxitektura rejalashtirish burosi” DUK bosh muhandisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Avvalroq Qoraqalpog‘iston transport vaziri lavozimiga Mamanbiy Omarov tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0