O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz ittifoqiga oid muzokaralar davom etmoqda – Rossiya TIV

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPredpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge
Predpriyatie OOO RN-Purneftegaz v Yamalo-Neneskom avtonomnom okruge - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimi OAVda tarqalayotgan turli talqinlarga e’tibor qilmaslikka chaqirdi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Rossiyaning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz ittifoqi tuzishi bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, ba’zi OAVlarda tarqalayotgan talqinlarga ishonmaslik kerak, dedi Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Yuriy Senturin RIA Novosti agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva hamkorlarning kontekstdan yulib olingan iqtiboslari OAVda tarqalayotganiga e’tibor qaratgan.

“Bu borada ayniqsa o‘zbekistonlik hamkorlarning so‘zlariga e’tibor qaratilmoqda va bundan ular bu ishni qandaydir ravishda qabul qilmayotgandek bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin aslida aynan hozir muzokaralar davom etmoqda, ular hali yakunlanmagan.

OAVlar esa bitta iboraga asoslanib davlatlar bu loyihani qabul qilmayapti degan xulosalar chiqarmoqda. Aslida esa ayni damda ushbu taklifni, yondashuvni o‘rganish jarayoni ketmoqda" - deydi Senturin.

Eslatib o‘tamiz, uch tomonlama gaz ittifoqi haqidagi xabarlar noyabr oyining oxirida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning uchrashuvidan keyin paydo bo‘lgan edi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ittifoqi Rossiya gazini O‘zbekiston va Qozog‘iston hududidan transportirovka qilishni muvofiqlashtirish maqsadida tashqil qilinmoqda. Ehtimol dastlabki bosqichda qandaydir yuridik shaxs tashkil qilish kerak bo‘ladi. Bu masala hali muhokama qilinmoqda, degan edi Rossiya prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida hamkorlik istiqboliga ega, jumladan gaz yetkazib berish va uni qayta ishlash borasida, degan edi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak.

O‘zbekiston

Ayrim mahalliy va xorijiy OAVlarda "O‘zbekiston gaz ittifoqidan voz kechgani" haqidagi shov-shuvli xabarlar energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamaxmudovning bayonotidan keyin paydo bo‘lgan edi. Amaldor intervyulardan birida "O‘zbekiston gazni qandaydir ittifoq yoki alyans tuzish orqali emas, qo‘shni davlatlardan tijorat shartnomalari asosida" sotib olishni rejalashtirayotgani haqida aytib o‘tgan edi.

Qozog‘iston

Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov aytishiga ko‘ra, gaz ittifoqi tuzish masalasi uch tomonlama formatda muhokama qilinmagan. Hozircha tomonlar gaz transport tizimining texnik imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu borada hamkorlik qilish uchchala tomonning ham roziligini talab qiladi. Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Roman Vasilenko "mutaxassislar barcha xavflarni, jumladan sanksiyalar xavfini ham hisobga olishi kerak" degan fikr bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0