Ozarbayjon aviakompaniyasi Bokudan Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

© press-slujba Ministerstva transporta Uzbekistana Azerbaydjanskaya aviakompaniya AZAL sovershila perviy reys iz Baku v Samarkand
Azerbaydjanskaya aviakompaniya AZAL sovershila perviy reys iz Baku v Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Kecha Boku-Farg‘ona-Boku yo‘nalishini ochgan Airbus A320 borti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Ozarbayjonning AZAL aviakompaniyasi Bokudan Farg‘onaga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
Kecha mahalliy vaqt bilan soat 04:15da aviakompaniyaning samolyoti Farg‘onaga kelib qo‘ndi. Boku-Farg‘ona-Boku yo‘nalishini ochgan Airbus A320 borti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa karnay va surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi.
Muntazam reyslar haftada bir marta — payshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Farg‘ona Ozarbayjon aviatashuvchisi parvoz qila boshlagan O‘zbekistondagi uchinchi shaharga aylandi.
Bokudan Toshkentga reyslar haftasiga ikki marta - payshanba va yakshanba kunlari muntazam ravishda amalga oshiriladi. Bokudan Samarqandga - seshanba va payshanba kunlari.
Ma’lumot uchun, 1992-yilda tashkil etilgan "Ozarbayjon Havo Yo‘llari" (AZAL) yirik aviatashuvchi bo‘lib, Boeing va Airbus samolyotlarining zamonaviy parkiga ega bo‘lgan, MDH mamlakatlari aviatsiya hamjamiyatida yetakchilardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0