https://oz.sputniknews.uz/20221216/otm-bitiruvchilarining-18-mingdan-ortigi-davlat-xizmatiga-qabul-qilindi-30782860.html
OTM bitiruvchilarining 18 mingdan ortig‘i davlat xizmatiga qabul qilindi
OTM bitiruvchilarining 18 mingdan ortig‘i davlat xizmatiga qabul qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Tanlovlarda 1,2 mln nomzod ishtirok etdi. Ulardan 45 mingga yaqini davlat xizmatiga qabul qilindi. 16.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-16T13:36+0500
2022-12-16T13:36+0500
2022-12-16T13:36+0500
jamiyat
otm
talabalar
davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/501/59/5015951_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_1e89571a64f8d3ece2c02713dff6a894.jpg
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 18 272 nafari davlat xizmatiga qabul qilindi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar berdi.Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portaliga 78 ta vazirlik va idora, 208 ta tuman (shahar) hokimliklari ulangan bo‘lib, mavjud vakant lavozimlariga 103 406 marotaba tanlov e’lon qilindi.Tanlovlar g‘oliblari tarkibi tahlil qilinganda, ishga qabul qilinganlarning 18 272 nafari (43%) 150 ta OTMning oxirgi 5-yillik bitiruvchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Quyidagi OTM bitiruvchisi ochiq tanlov orqali davlat xizmatiga qabul qilingan:O‘tkazilgan tanlovlarning test sinovi bosqichida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan 73 997 nafar nomzodlarning 31 777 nafari OTMlarni oxirgi 5-yillikda tamomlagan bitiruvchilar ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/501/59/5015951_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_3f8e400918c8de2a728b3cf73f634c60.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, otm, talabalar, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
jamiyat, otm, talabalar, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
OTM bitiruvchilarining 18 mingdan ortig‘i davlat xizmatiga qabul qilindi
Tanlovlarda 1,2 mln nomzod ishtirok etdi. Ulardan 45 mingga yaqini davlat xizmatiga qabul qilindi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining 18 272 nafari davlat xizmatiga qabul qilindi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabar
berdi. Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portaliga 78 ta vazirlik va idora, 208 ta tuman (shahar) hokimliklari ulangan bo‘lib, mavjud vakant lavozimlariga 103 406 marotaba tanlov e’lon qilindi.
Tanlovlarda 1,2 mln nomzod ishtirok etdi. Ulardan 45 mingga yaqini davlat xizmatiga qabul qilindi.
Tanlovlar g‘oliblari tarkibi tahlil qilinganda, ishga qabul qilinganlarning 18 272 nafari (43%) 150 ta OTMning oxirgi 5-yillik bitiruvchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Quyidagi OTM bitiruvchisi ochiq tanlov orqali davlat xizmatiga qabul qilingan:
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti - 840 nafar;
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti - 749 nafar;
Urganch davlat universiteti - 700 nafar;
Buxoro davlat universiteti - 674 nafar;
Farg‘ona politexnika instituti - 673 nafar;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti - 671 nafar;
Toshkent moliya instituti - 638 nafar;
Termiz davlat universiteti - 594 nafar;
Guliston davlat universiteti - 577 nafar;
Toshkent davlat agrar universiteti - 569 nafar.
O‘tkazilgan tanlovlarning test sinovi bosqichida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan 73 997 nafar nomzodlarning 31 777 nafari OTMlarni oxirgi 5-yillikda tamomlagan bitiruvchilar ekanligi ma’lum bo‘ldi.