Bugun Qamchiq dovonida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi - FVV

© GUBDD MVDPereval Kamchik
Pereval Kamchik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Fuqarolardan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik so‘ralmoqda.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Bugun A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining "Qamchiq" dovoni qismida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari ikki kun davom etadi.
O‘quv mashqlarini tashkil qilishdan maqsad – Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi rahbarlar tarkibi kuch va vositalarining favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga oid tayyorgarlik darajasini oshirishdan iborat.
Shuningdek, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarning samaradorligini oshirish ham nazarda tutilgan.
Xabarda fuqarolardan mazkur o‘quv mashqlarining amaliy jarayonlariga oid materiallarni noto‘g‘ri talqin qilmaslik, balki mavjud ma’lumot va axborotlardan unumli hamda oqilona foydalanish so‘ralmoqda.
Yangiliklar lentasi
0