Toshkentda sim yog‘ochdagi elektr simlari yonib ketdi - video

© Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali Toshkent shahar
Toshkent shahar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Elektr uzatish tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi natijasida kichik yong‘in sodir bo‘ldi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Bugun Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida elektr uzatish havo tarmog‘idagi kabel yonib ketdi. Bu bo‘yicha "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Yakkasaroy tumani Muqimiy ko‘chasidagi aholi yashash xonadonlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi havo elektr uzatish tarmog‘ida yuklamaning ortib ketishi natijasida simlarning qisqa tutashuvida kichik yong‘in sodir bo‘lgan.
“Havo haroratining keskin sovib ketishi natijasida gaz bosimining pasayib ketdi. Natijada elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib joylardagi mavjud past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarida avariyali uzilish holatlari yuzaga kelmoqda”, deyiladi xabarda.
Mas’ullar avariyani tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishgan.
Yangiliklar lentasi
0