Markaziy bankning asosiy stavkasi 15 foiz darajada o‘zgarishsiz qoldirildi

© Sputnik / Zafar XalilovTashkent. Sentralniy bank Uzbekistana
Tashkent. Sentralniy bank Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
MB asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
TOShKENT, 15dek — Sputnik. Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Unda asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Oxirgi marta Markaziy bank iyuldagi yig‘ilishda asosiy stavka yillik 16 foizdan 15 foizgacha pasaytirgandi. Shunday keyin asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilmoqda. 27-oktabr kuni ham asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirilgandi.
Regulyator yil oxirigacha tashqi iqtisodiy muhitdagi noaniqliklar, global inflyatsion jarayonlar, yuqori ichki iqtisodiy faollik va mavsumiylikning iste’mol narxlariga oshiruvchi ta’siri bilan bog‘liq inflyatsion xatarlar saqlanib qolinayotganini ta’kidlagandi.
“Mazkur xatarlarni inobatga olib, asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qolish bo‘yicha qaror qabul qilindi”, - deyilgandi MB izohida.
Yangiliklar lentasi
0