“Vkusno-i Tochka” O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishOtkritie novoy seti restoranov bistrogo pitaniya "Vkusno i tochka" v Moskve
Otkritie novoy seti restoranov bistrogo pitaniya Vkusno i tochka v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tamaddixonalar tarmog‘i Mcdonald’s mavjud bo‘lmagan bozorlarga kirishni ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiyaning “Vkusno-i Tochka” tez ovqatlanish restoranlari tarmog‘i MDH davlatlari, jumladan, O‘zbekiston bozorlariga chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda OAV.
Qayd etilishicha, bu McDonald's mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda franshiza sotish orqali amalga oshirilishi mumkin. Ular orasida Armaniston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bor.
Mcdonald’s bilan kelishuvga ko‘ra, Rossiya tarmog‘i Amerika korporatsiyasi faoliyat yuritadigan bozorlarda ishlay olmaydi. Va bu yilgi holatga ko‘ra, u dunyoning 119 mamlakatida mavjud.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi bozorlarga chiqishdan avval tarmoq uchun ta’minot va logistika uzluksizligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishlar O‘zbekistonda 2023-yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Amerikaning McDonald's tamaddixonalari tarmog‘i Rossiyadagi faoliyatini mart oyida to‘xtatdi va keyinchalik bozorni butunlay tark etishga va Rossiyadagi biznesini sotishga qaror qildi. Biznesni kompaniya litsenziyasiga ega Aleksandr Govor sotib oldi, endi u yangi “Vkusno - i tochka” brendi ostidagi restoranlarni boshqarapti.
Yangiliklar lentasi
0