Samarqandda aholidan xarid qilib olingan qadimiy ashyolar ko‘rgazmasi tashkil etildi - foto

Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida xarid qilingan ashyolar namoyish etilmoqda.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Samarqand viloyatidagi “Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi binosida fuqarolar qo‘lida saqlangan qadimiy ashyolar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ko‘rgazmada “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida xarid qilingan ashyolar namoyish etilmoqda. Mazkur ashyolar Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari viloyat va respublika bo‘ylab ilmiy ekspeditsiyalari davomida topilgan hamda aholidan xarid qilib olingan.
"Ushbu ashyolar kelgusida muzey-qo‘riqxona tasarrufida tashkil etilishi rejalashtirilgan muzeylar ekspozitsiyasini boyitishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Eksponatlar orasidan quyidagilar o‘rin olgan:
Payariqdan topilgan saklarning ikki ming yillik bronza qozoni;
Miloddan avvalgi II asr va milodiy XIV asrlarga oid bronza ko‘zgular;
Qoraxoniylar davriga oid 180 ta kumush tangalar kolleksiyasi,
Chig‘atoy xonlarining 236 ta dinor va dirhamlari;
Ipak gilamlar, antiqa zargarlik buyumlari, tarixiy liboslar va rasmlar.
© Madaniy meros agentligi
“Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Madaniy meros agentligi
“Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Madaniy meros agentligi
“Xalqlar do‘stligi va diniy bag‘rikenglik” muzeyi - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Yangiliklar lentasi
0