Rossiya G‘arb rejalarini barbod qildi va uni dahshatga soldi – OAV

© Sputnik / Aleksey MayshevGosudarstvenniy Istoricheskiy muzey i Moskovskiy Kreml.
Gosudarstvenniy Istoricheskiy muzey i Moskovskiy Kreml. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb sanksiyalari rubl kursini qulata olmagan, Rossiyadagi inflyatsiya esa maxsus operatsiya boshlangandan buyon sezilarli pasaygan.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Rossiyada iqtisodiy urushda G‘arb ustidan g‘alaba qozonmoqda va bu dushmanni dashhatga solmoqda, deya yozadi Robert Farli “19FortyFive” nashri uchun.
Maqolada ta’kidlanishicha, Moskva unga qarshi AQSh va uning ittifoqchilari boshlagan moliyaviy kampaniyani barbod qilish uddasidan chiqqan.
“Rossiya o‘z energiya resurslarini ayrim iste’molchilarga (hatto Yevropada) yetkazib berishda davom etmoqda va yangilarini topdi, narx oshishi esa eksport kamayishini qisman qoplagan”, - deya yozadi Farli
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb sanksiyalari rubl kursini qulata olmagan, Rossiyadagi inflyatsiya esa maxsus operatsiya boshlangandan buyon sezilarli pasaygan.
“Rubl qulamadi. Haqiqatdan u aksariyat xorijiy valyutalarga nisbatan kuchliligicha qolmoqda. Boz ustiga Rossiyadagi inflyatsiya ayrim G‘arb mamlakatlaridagiga qaraganda sezilarli past”, - deya xulosa qilgan Farli.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0