O‘zbekistonning yangi aviakompaniyasi Rossiyaning olti shahriga parvozlarni boshlaydi

© Air Samarkand Novaya aviakompaniya Uzbekistana Air Samarkand budet osushestvlyat poloti po 6 gorodam Rossii.
Novaya aviakompaniya Uzbekistana Air Samarkand budet osushestvlyat poloti po 6 gorodam Rossii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Aviakompaniya ilk parvozlarini kelasi yilning birinchi choragida boshlamoqchi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekistonning yangi “Air Samarkand” aviakompaniyasi Rossiyaning oltita shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Asia Connect: yangi voqelikda aviakompaniyalar tarmog‘ini rivojlantirish” konferensiyasi doirasida “Air Samarkand” PR direktori Oleg Ivanov ma’lum qildi.
“Bizning aviakompaniya birinchi bosqichda Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi, Yekaterinburg, Qozon va Samaraga uchadi”, - deydi Ivanov.
Aviakompaniya ilk parvozlarini 2023-yilning fevral-mart oylarida boshlashni rejalashtirmoqda.
Kompaniya Samarqandda joylashgan bo‘lib, Yevropa va Osiyoning ko‘plab yo‘nalishlariga parvozlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, yangi aviakompaniyaning yo‘nalishlar tarmog‘ida – Hindiston, Saudiya Arabistoni, Isroil, BAA, Tojikiston va Turkiya bor.
Yangiliklar lentasi
0