Mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi

© Mintrans UzbekistanaPoyezd
Poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘shimcha poyezd qatnovlari Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Mahalliy yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi xabar berdi.
Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur yo‘nalishda 17-dekabridan 2023-yilning 15-yanvariga qadar qo‘shimcha 24ta reys amalga oshiriladi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
17-19-21-24-26-28 dekabr kunlari hamda 2023-yilning 2-4-7-9-11-14 yanvar kunlari 158-sonli “Toshkent – Termiz” yo‘nalishidagi poyezd qatnovi: Toshkent 21:42 – Termiz 11:41
18-20-22-25-27-29 dekabr kunlari hamda 2023-yilning 3-5-8-10-12-15 yanvar kunlari 157-sonli “Termiz - Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd qatnovi: Termiz 15:10 – Toshkent 05:42
Shuningdek, “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
“Yangi yil bayrami” munosabati bilan yo‘lovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo‘nalishida 15-22-29-dekabr kunlari va 5-12-19-26-yanvar kunlari qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo‘nalishi: Toshkent 07:55 — Andijon 13:46
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo‘nalishi: Andijon 16:00 — Toshkent 21:45
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalari hamda chipta.railway.uz sayti orqali elektron tarzda xarid qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0