AQShning strategik bombardimonchi samolyoti halokatga uchrab, yonib ketdi

© Foto : U.S. Air Force photoAmerikanskiy tajeliy malozametniy strategicheskiy bombardirovshik Northrop B-2 Spirit
Amerikanskiy tajeliy malozametniy strategicheskiy bombardirovshik Northrop B-2 Spirit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2022
Obuna bo‘lish
Strategik bombardimonchi Missuri shtatida favqulodda qo‘nishni amalga oshirgach, yonib ketgan.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Amerikaning B-2 strategik bombardimonchi samolyoti Missuri shtatidagi aviabazada favqulodda qo‘nishni amalga oshirgach, yonib ketdi. Bu haqda “Military” nashri katta serjant Bet Del Vekkioga tayanib, xabar berdi.
AQSh Harbiy-havo kuchlaridagi eng yangi yashirin bombardimonchi bilan bog‘liq hodisa o‘tgan shanba kuni sodir bo‘lgan va qurbonlarsiz yakunlangan.
“AQSh harbiy-havo kuchlarining B-2 Spirit samolyoti 10-dekabr kuni rejalashtirilgan parvoz vaqtida texnik muammoga duch keldi va favqulodda qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgach, Whiteman uchish-qo‘nish yo‘lagida shikastlandi”, - deyiladi xabarda.
Del Vekkioning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni aviabaza o‘t o‘chiruvchilari bartaraf etgan.
Mahalliy KMBC telekanali chap qanoti tomonga og‘ishib qolgan va shikastlangan bombardimonchi suratini ko‘rsatdi.
Yangiliklar lentasi
0