G7 ning Ukraina bo‘yicha muzokaralari “diplomatik mashmasha”dan darak beradi - OAV

© © AP Photo / Pool / Lukas BarthVstrecha liderov stran "Bolshoy semerki" . Arxivnoe foto
Vstrecha liderov stran Bolshoy semerki . Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Euractiv portalining yozilishicha, G7 mamlakatlarining Ukraina bo‘yicha muzokaralari “diplomatik mashmasha”ning alomatlari bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 13 dek - Sputnik Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning bir qancha mamlakatlar rahbarlari bilan muzokaralari Kiyev atrofidagi “diplomatik mashmasha”lardan darak beradi, deb yozmoqda "Euractiv" portali
“Zelenskiy 11-dekabr yakshanba kuni AQSh prezidenti Jo Bayden, shuningdek, Turkiya va Fransiya yetakchilari bilan muzokaralar olib bordi va bu mojaro bo‘yicha diplomatik faollikni kuchaytirdi”, - deb yozadi jurnalist Franchesko Stati.
Jurnalistning ta’kidlashicha, Ukraina rahbarining bir kun ichida bir qancha dunyo miqyosidagi siyosatchilar bilan ko‘p muloqotlari - oddiy hol emas.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga chaqirayotgani bilan ajralib turibdi. Sharhlovchining qo‘shimcha qilishicha, g‘arblik ittifoqdoshlar Fransiya prezidentining Rossiya uchun xavfsizlik kafolatlari haqida so‘zlaridan xavotirga tushgan.
G7 mamlakatlari yetakchilari bilan videokonferensiya dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Munozara uchun asosiy mavzulardan biri Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiya hamda Eronga sanksiyalarni kuchaytirish bo‘ldi. Konferensiyaga qolgan bir kun ichida Ukraina rahbari AQSh, Fransiya, Turkiya prezidentlari bilan muzokaralar olib borgan.
Yangiliklar lentasi
0