Farg‘onada haydovchilar uchun innovatsion imtihon markazi ochildi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV Fergane otkrilsya innovatsionniy ekzamenatsionniy sentr
V Fergane otkrilsya innovatsionniy ekzamenatsionniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.12.2022
Obuna bo‘lish
Imtihon markazining ochilish tadbirida viloyat hokimi, ichki ishlar vazirining o‘rinbosari ishtirok etdi.
TOShKENT, 13 dek — Sputnik. Kecha Farg‘onada haydovchilar uchun viloyat imtihon markazi foydalanishga topshirildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘ona tumanidagi “O‘rtasho‘ra” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Autodriver Study” MChJ tomonidan barpo etilgan mazkur imtihon markazi bir kunda 450 nafardan ortiq talabgorni nazariy imtihondan, 300 nafardan ortiq talabgorni amaliy imtihondan o‘tkazish quvvatiga ega.
Bu yerda nazariy imtihonlarni o‘tkazish uchun texnik va texnologik vositalar bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining barcha toifalari bo‘yicha amaliy imtihonlarni o‘tkazish uchun avtomatlashtirilgan avtodrom tashkil etilgan.
Markazda maxsus jihozlangan avtomototransport vositalari hamda yo‘l harakatini tashkil etishning texnik vositalarini o‘zaro bog‘lovchi markaziy dasturiy majmua faoliyat yuritadi va haydovchilikka nomzodlar tomonidan amalga oshirilgan har bir sinov mashqlari natijalari inson omilisiz avtomatlashtirilgan nazorat tizimi orqali baholanadi.
Ayniqsa, markazning dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini ko‘rsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan jihozlanganligi muhimdir.
Imtihon markazining ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Olim Saidov ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0