"Ilhom" teatri binosida yong‘in sodir bo‘ldi

© Jitel TashkentaV zdanii teatra "Ilxom" proizoshol pojar.
V zdanii teatra Ilxom proizoshol pojar. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari boshlangan.
Toshkent, 12 dek — Sputnik. Bugun, 12-dekabr kuni “Ilhom” teatri binosida yong‘in yuz berdi. Shu sababdan spektakllar namoyishi vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda teatr ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
“Ilhom” teatri ko‘rgazmalar zalida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli spektakllar tergov yakuniga qadar to‘xtatildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tergov kamida ikki hafta davom etadi. Yong‘in tafsilotlari keltirilmagan.
Oldin sotib olingan barcha chiptalar teatr qayta ochilguncha o‘z kuchini yo‘qotmaydi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, o‘t o‘chiruvchilarga soat 03:34 da Shayxontohur tumani “O‘rda” MFY Paxtakor ko‘chasida joylashgan “Ilhom” teatri binosida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:58 da qurshab olingan va soat 04:00 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida teatr binosining 1-qavat xolida 80 kv. m. maydon ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar sababli binoning 600 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, - deyiladi FVV xabarida.
Yangiliklar lentasi
0