Ertaknamo uy: Toshkentdagi Qovoqlar muzeyi haqida

© Iz arxiva Doma-muzeya tikviEksponati Doma-muzeya tikvi
Eksponati Doma-muzeya tikvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Obuna bo‘lish
Qovoqdan yasalgan turli eksponatlar, qovoq shaklidagi xilma xil qo‘g‘irchoqlar, ipli o‘yinchoqlar va qiziqarli tomoshalarning barchasi Toshkentdagi Qovoqlar muzeyida.
Toshkentda Qovoqlar uy muzeyi mavjud. Uni Baxtiyor Po‘latov va Dildora Po‘latova tashkil etgan. Muzey poytaxtning Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan. Uning eshiklari mehmonlar uchun doimo ochiq.
© Iz arxiva Doma-muzeya tikviEksponati Doma-muzeya tikvi
Eksponati Doma-muzeya tikvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Eksponati Doma-muzeya tikvi
“Bundan 17-yil oldin men va turmush o‘rtog‘im maktabdagi ko‘p yillik kasbiy faoliyatimizdan pensiyaga chiqdik va Qovoqlar muzeyini tashkil etdik. Muzeyga asosan bolalar tashrif buyuradi. Biz ularga muzeyda antiqa eksponatlar taqdim etish bilan birga, musiqiy tomoshalar, jonli qo‘shiqlar kuylab beramiz”, - dedi muzey direktori Dildora Po‘latova Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Muzey tashqarisida milliy yopinchiq tashlangan tuyacha hammani e’tiborini tortadi. Ichkarida esa 1000 ga yaqin qovoqdan yasalgan turli eksponatlar, o‘yinchoqlar, milliy qo‘g‘irchoqlar, idishlar, niqoblar va shamchiroqlar saqlanadi.
© Iz arxiva Doma-muzeya tikviEksponati Doma-muzeya tikvi
Eksponati Doma-muzeya tikvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Eksponati Doma-muzeya tikvi
“Qovoq – tabiat bizga in’om etgan foydali poliz ekini bo‘lish bilan birga, shakli antiqa, o‘ziga xosdir. Qolaversa, o‘zbek xalq ertaklari ichida qovoq bilan bog‘liq sujetlar ko‘p uchraydi. Balkim shu sabab ushbu muzeyni ochishni niyat qilgandirmiz. Muzeyga mehmonlar o‘zlari bilan birga qovoqdan yasalgan suvenirlar olib kelishlari mumkin. Bu yerda milliy liboslarni tanlab, rasmga tushish uchun garderob ham ishlaydi”, - deydi Po‘latova.
© Iz arxiva Doma-muzeya tikviEksponati Doma-muzeya tikvi
Eksponati Doma-muzeya tikvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Eksponati Doma-muzeya tikvi
Muzey hovlisida uzum so‘risi yasalgan va unga qovoqlar ilingan. Ular yog‘ochlar bilan mustahkamlanib, arqonlar bilan boylangan. Shuningdek, quritilgan qovoqdan karving, karkas ishlanmalar, yog‘ochdan ishlangan hunarmandchilik mahsulotlari ham bor.
Dildora Po‘latova qovoqdan yasalgan qo‘g‘irchoqlar uchun milliy uslubdagi liboslar tikadi va suvenirlar yasaydi. Bolalar, mahalliy va xorijiy mehmonlar uchun qo‘shiq va laparlar aytib, qo‘g‘irchoq tomoshalari taqdim etishadi.
© Iz arxiva Doma-muzeya tikviEksponati Doma-muzeya tikvi
Eksponati Doma-muzeya tikvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Eksponati Doma-muzeya tikvi
Baxtiyor Po‘latov esa qovoq eksponatlarga rangli bo‘yoqlar bilan naqshlar, chizgilar va tasvirlar tushiradi.
“Aslida ishimizni ilk bor “tomosha qovoq”dan boshlaganmiz. U dekorativ qovoq bo‘lib, sun’iy ravishda suvenirlar yasalardi. Xontaxta ustiga qovoqdan yasalgan ishlanmalarni taxlab, bozorda sotardik. Keyinchalik, haqiqiy qovoqdan yasashni o‘rgandik va bu bizga ancha qo‘l keldi. Hovlimizdagi tomorqaga har yili 32 navga yaqin qovoq ekamiz va hosilidan eksponatlar yasashda foydalanamiz”, - deydi Dildora opa.
Muzeyda qiziquvchilar uchun Baxtiyor Po‘latov va Dildora Po‘latova mahorat darslarini ham tashkil etishadi.
© Iz arxiva Doma-muzeya tikviEksponati Doma-muzeya tikvi
Eksponati Doma-muzeya tikvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2022
Eksponati Doma-muzeya tikvi
Yangiliklar lentasi
0