Andijonda talabalar uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Yevgeniy Samarin / Mediabankka o‘tishSalon avtobusa
Salon avtobusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2022
Obuna bo‘lish
Talabalar uchun Qo‘rg‘ontepaning 8ta hududiga jami 11ta avtobus xizmat qiladi - tavsilotlar.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Andijonning qo‘rg‘ontepalik talabalari uchun bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi xabar berdi.
Aytilishicha, mazkur avtobus talabalarni Andijondagi oliygohlarga bepul olib borib, yana qaytib olib ketadi.
Bu tashabbus yoshlarning qish mavsumida yo‘l qatnovida yuzaga kelgan noqulayliklarini bartaraf etish maqsadida Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi hamda tumandagi faol fermer va tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Talabalar uchun Qo‘rg‘ontepaning 8 ta hududiga (Markaz, Qo‘rg‘ontepa, Qorasuv, Sultonobod, Dardoq, Chimon, Qo‘shtepa, Savoy qishloqlariga) jami 11 ta avtobus xizmat qiladi.

“Avtobus talabalarni yakshanba kuni o‘zlari yashovchi hududlardan olib, o‘qish joyiga qadar eltib qo‘yadi. So‘ng shanba kuni o‘qish joyidan uylariga qadar olib keladi. Buning uchun tuman hokimligi maxsus chipta joriy qilgan”, - deyiladi xabarda.

Bugun birinchi qatnov amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0