Ulug‘bek Rashitov Gran-prining yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiUlug‘bek Rashitov
Ulug‘bek Rashitov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Obuna bo‘lish
Sportchi bugun iordaniyalik Zaid Karimga qarshi oltin medal uchun bahs olib boradi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. Ulug‘bek Rashitov Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan yakuniy Gran-prining yarim final bosqichidan ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Saudiya Arabistonida taekvondo WT bo‘yicha yakuniy Gran-pri bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili ishtirok etmoqda.
Ulug‘bek Rashitov chorak finalda shvetsiyalik Ali Alianga qarshi bahs olib borgandi. Barcha raundlarda o‘zining yaqqol ustunligini namoyish eta olgan Rashitov 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va oltin medal sari yana bir qadam tashladi.
U erkaklar o‘rtasidagi -68 kg vazn toifasining yarim finalida britaniyalik Bredli Sindenga qarshi dayanga chiqdi. Rashitov o‘z ustunligida o‘tkazgan bahsni raqamlarda ham ko‘rsata oldi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi u bugun iordaniyalik Zaid Karimga qarshi oltin medal uchun bahs olib boradi.
Yangiliklar lentasi
0