Para taekvondo: O‘zbekistonlik sportchilar Saudiya Arabistonida 3ta medalni qo‘lga kiritishdi

© O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasiO‘zbekiston terma jamoasi
O‘zbekiston terma jamoasi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2022
Obuna bo‘lish
Ar-Riyod shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 1ta oltin va 2ta kumush medliga ega chiqishdi.
TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi xalqaro Gran-pri musobaqasini 3ta medalb bilan yakunlashdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro Gran-pri musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Ushbu musobaqada dunyoning 24 ta davlatidan jahon reytingida 1-8 o‘rinlarda borayotgan 80 nafar sportchi ishtirok etdi.
Yilning so‘nggi yirik turnirida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 3ta medalga ega chiqdi.
Jumladan, ayollar o‘rtasida +65kg vazn toifasida Guljanoy Naimova oltin, 47 kg vazn toifasida esa Ziyoda Isoqova kumush medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida -80 kg vazn toifasida Asad Toshtemirov ham kumush medal bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Ar-Riyod Gran-prisi g‘oliblari Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga 100 reyting ochko, kumush medal sohiblari 60 ochko, bronza medal sohibi esa 40 ochkoga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, musobaqada qatnashgan sportchilarning barchasiga 20 reyting ochkosi taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0