https://oz.sputniknews.uz/20221209/xitoy-qirgiziston-ozbekiston-temir-yoli-qurilishi-qaysi-bosqichda-30605230.html
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi qaysi bosqichda
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi qaysi bosqichda
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy mutaxassislari dala ishlarini yakunlashdi, yaqin kelajakda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ekspertiza uchun qirg‘iz va o‘zbek tomonlariga topshiriladi. 09.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-09T12:35+0500
2022-12-09T12:35+0500
2022-12-09T12:35+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qirg‘iziston
xitoy
temir yo‘l
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6c3c9470cddf389b424fdff6f67b6f7a.jpg
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Xitoylik mutaxassislar guruhi Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha dala ishlarini yakunladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Qirg‘iziston respublikasi prezidenti matbuot xizmatiga tayanib xabar bergan. Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua Sadir Japarovga ma’lum qilgan. O‘z navbatida Sadir Japarov Qirg‘iziston-Xitoy munosabatlari va keng qamrovli strategik sheriklik darajasini yuqori baholab, savdo-iqtisodiy hamkorlik, xususan, turli sohalarda qo‘shma iqtisodiy loyihalar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.Japarov muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi sifatida uch tomon ham amalga oshirishga kirishgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha eng yirik loyihani keltirgan.Qirg‘iziston rahbari ushbu loyiha butun mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga bebaho ijobiy ta’sir ko‘rsatishini va XXR raisi Si Szinpinning “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirishda muhim bo‘g‘inga aylanishini ta’kidlagan. Xu Chunxua, o‘z navbatida, yaqin kelajakda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ekspertiza uchun qirg‘iz va o‘zbek tomonlariga topshirilishini ma’lum qilgan.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f81d4c776c8f3df924152b6553d21b6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qirg‘iziston, xitoy, temir yo‘l
iqtisod, o‘zbekiston, qirg‘iziston, xitoy, temir yo‘l
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishi qaysi bosqichda
Xitoy mutaxassislari dala ishlarini yakunlashdi, yaqin kelajakda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ekspertiza uchun qirg‘iz va o‘zbek tomonlariga topshiriladi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Xitoylik mutaxassislar guruhi Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha dala ishlarini yakunladi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Qirg‘iziston respublikasi prezidenti matbuot xizmatiga tayanib
xabar bergan.
Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi bosh vaziri o‘rinbosari Xu Chunxua Sadir Japarovga ma’lum qilgan.
O‘z navbatida Sadir Japarov Qirg‘iziston-Xitoy munosabatlari va keng qamrovli strategik sheriklik darajasini yuqori baholab, savdo-iqtisodiy hamkorlik, xususan, turli sohalarda qo‘shma iqtisodiy loyihalar amalga oshirilayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan.
Japarov muvaffaqiyatli hamkorlik namunasi sifatida uch tomon ham amalga oshirishga kirishgan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha eng yirik loyihani keltirgan.
Qirg‘iziston rahbari ushbu loyiha butun mintaqaning iqtisodiy rivojlanishiga bebaho ijobiy ta’sir ko‘rsatishini va XXR raisi Si Szinpinning “Bir kamar — bir yo‘l” tashabbusini amalga oshirishda muhim bo‘g‘inga aylanishini ta’kidlagan.
Xu Chunxua, o‘z navbatida, yaqin kelajakda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari ekspertiza uchun qirg‘iz va o‘zbek tomonlariga topshirilishini ma’lum qilgan.