Radiochastotadan birgalikda foydalanish amaliyoti joriy etiladi

© SputnikVishka sotovoy svazi v Buxare
Vishka sotovoy svazi v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Deputatlar radiochastota spektridan foydalanishda xavfsizlik va samaradorlik sharoitlarini ta’minlashga oid qonun loyihasini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Teleradioefirda axborot xavfsizligi darajasini oshirish imkoni yaratiladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun loyihasi muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, qonun loyihasi radiochastota spektridan foydalanishda xavfsizlik va samaradorlik sharoitlarini ta’minlash, axborot uzatish, shu jumladan o‘ta muhim axborot muhitida – teleradioefirda axborot xavfsizligi darajasini oshirish imkonini beradi.
Radiochastota spektridan birgalikda foydalanish amaliyoti qo‘llanilishi orqali yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga chegaralangan davlat resursidan birgalikda foydalanishga imkoniyat yaratiladi.
Shuningdek, tegishli davlat organlari va radiochastota spektridan foydalanuvchilarning javobgarligini oshirish hisobiga radioelektron vositalarning barqaror ishlashi uchun sharoit yaratiladi.
Hujjat qabul qilincha, radiochastota spektridan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, davlat tashkilotlari va boshqa radiochastota spektridan foydalanuvchilarning faoliyati qonunchilik asosida muhofaza qilinadi.
Shuningdek, radiochastota spektridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, radiochastotalarni rejalashtirish, tayinlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlarda O‘zbekistonning milliy manfaatlarini himoya qilinishi ta’minlanadi.
Hujat birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0