Qamchiq dovonidagi avtomobil yo‘li to‘xtovsiz qordan tozalanmoqda - video

© MVD UzbekistanaPereval Taxta-koracha
Pereval Taxta-koracha - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda dovonda havo harorati -10 darajani tashkil etmoqda. Dovon orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Qamchiq dovonidagi avtomobil yo‘li to‘xtovsiz qordan tozalanmoqda. Bu haqda "Qamchiqavtoyo‘l" ixtisoslashtirilgan yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi xabar berdi.
Xabarda qayd etilishicha, ayni vaqtda A-373 “M-39 a/y Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismining 171-294 kmlar oralig‘ida qor yog‘moqda.
Qor yog‘ib turgan paytda dovonda avtotransport vositalarining to‘xtovsiz ikki tomonlama harakatlanishini ta’minlash va yo‘l qoplamasida sirpanchiq bo‘lmasligi uchun mashina-mexanizmlar yordamida yo‘llar qordan tozalanib, qum-tuz aralashmasi sepilmoqda.
“Ayni paytda, avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Yo‘llarda ko‘rish darajasi 3000 metrni, havo harorati -10 darajani, shamol tezligi shimoldan g‘arbga 3-8 m/s, namlik esa 79% ni tashkil etmoqda”, deyiladi xabarda.
Xabarda dovon orqali harakatlanayotgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
O‘zgidromet prognozlariga ko‘ra, bugun tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0