https://oz.sputniknews.uz/20221209/ozgidromet-anomal-sovuqning-sababini-malum-qildi-30605030.html
O‘zgidromet anomal sovuqning sababini ma’lum qildi
O‘zgidromet anomal sovuqning sababini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Sinoptiklar sovuq ob-havo qachongacha davom etishini ma’lum qildi. 09.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-09T11:44+0500
2022-12-09T11:44+0500
2022-12-09T11:44+0500
jamiyat
ob-havo
qish
qor
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/418/30/4183032_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_3479db37911ce5b2943a9ee49b383af7.jpg
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Dekabr oyining boshidan O‘zbekiston bo‘yicha kuzatilayotgan juda sovuq ob-havo Shimoliy Yevroosiyoning deyarli barcha hududlarini egallagan juda kuchli antisiklon bilan bog‘liqdir bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi matbuot xizmati xabar berdi.Mutaxassislarga ko‘ra, dekabrning birinchi o‘n kunligi o‘rtasiga kelib, respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha havo harorati kechalari -5...-7 darajagacha, ba’zi joylarda -10 daraja, kunduz kunlari -3...-5 darajagacha pasaydi.Sovuq ob-havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. 9-12 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari -5...-10 daraja, kunduz kunlari 0...-5 daraja, shimolda kechalari -17...-22 daraja, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda -24 darajagacha, kunduz kunlari -4...-9 daraja atrofida bo‘ladi.Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati shu davrning iqlim meyorlaridan 7-12 darajaga past bo‘ladi. Shunday qilib, meyor +4 daraja bo‘lganda Toshkentda o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat -6...-8 darajani tashkil etadi.Ta’kidlanishicha, dekabr oyida juda sovuq ob-havo O‘zbekiston hududida avval ham kuzatilgan. Bunday qiymatlargacha haroratning pasayishi bilan sovuqning qisqa muddatli to‘lqinlari deyarli har yili qayd etiladi. 2-3 yil ichida taxminan 1-marta sezilarli darajadagi sovuqlar ham kuzatilgan. So‘nggi 25-yil ichida dekabr oyida haroratning -10...-15 darajagacha pasayishi, ba’zi joylarda esa, undan ham past bo‘lishi O‘zbekistonning Markaziy hududlarida 2002, 2003, 2006, 2007, 2010, 2012, 2014-yillarda qayd etilgan.Bundan oldingi yillarda yanada ham kuchli sovuqlar kuzatilgan. Shunday qilib, Toshkentda 1920-yilning dekabr oyi boshida termometr ustuni -20 darajagacha tushgan. Toshkentda dekabr oyining mutlaq minimal harorati -29 darajani tashkil etadi, haroratning bunday qiymati 1930-yil 20-dekabr kuni kuzatilgan.Bu yil dekabrda mamlakat shimolida kuzatilgan sovuq hozircha yangi rekordlarni o‘rnatmadi. Respublika shimolida eng sovuq yillarning dekabr oyida minimal harorat -27...-30 darajagacha pasaygan. Ayrim kechalarda harorat ba’zi joylarda ushbu sana uchun eng past qiymatlargacha pasaydi, ammo bu harorat rekordi bo‘lmadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/418/30/4183032_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_8d03418966abb0a161c1b5b0ad466715.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, qish , qor, o‘zgidromet
jamiyat, ob-havo, qish , qor, o‘zgidromet
O‘zgidromet anomal sovuqning sababini ma’lum qildi
Sinoptiklar sovuq ob-havo qachongacha davom etishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Dekabr oyining boshidan O‘zbekiston bo‘yicha kuzatilayotgan juda sovuq ob-havo Shimoliy Yevroosiyoning deyarli barcha hududlarini egallagan juda kuchli antisiklon bilan bog‘liqdir bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi matbuot xizmati
xabar berdi.
Mutaxassislarga ko‘ra, dekabrning birinchi o‘n kunligi o‘rtasiga kelib, respublikaning markaziy hududlari bo‘yicha havo harorati kechalari -5...-7 darajagacha, ba’zi joylarda -10 daraja, kunduz kunlari -3...-5 darajagacha pasaydi.
Eng qattiq sovuqlar, odatdagidek, respublikaning shimoliy hududlarida kuzatildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida harorat kechalari -15...-20 darajagacha, ayrim shimoliy hududlarda esa -22...-24 darajagacha pasaydi.
Sovuq ob-havo keyingi haftaning boshigacha saqlanib turadi. 9-12 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida havo harorati kechalari -5...-10 daraja, kunduz kunlari 0...-5 daraja, shimolda kechalari -17...-22 daraja, 9-10 dekabrda ba’zi joylarda -24 darajagacha, kunduz kunlari -4...-9 daraja atrofida bo‘ladi.
Shu kunlarda o‘rtacha kecha-kunduzlik havo harorati shu davrning iqlim meyorlaridan 7-12 darajaga past bo‘ladi. Shunday qilib, meyor +4 daraja bo‘lganda Toshkentda o‘rtacha kecha-kunduzlik harorat -6...-8 darajani tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, dekabr oyida juda sovuq ob-havo O‘zbekiston hududida avval ham kuzatilgan. Bunday qiymatlargacha haroratning pasayishi bilan sovuqning qisqa muddatli to‘lqinlari deyarli har yili qayd etiladi. 2-3 yil ichida taxminan 1-marta sezilarli darajadagi sovuqlar ham kuzatilgan. So‘nggi 25-yil ichida dekabr oyida haroratning -10...-15 darajagacha pasayishi, ba’zi joylarda esa, undan ham past bo‘lishi O‘zbekistonning Markaziy hududlarida 2002, 2003, 2006, 2007, 2010, 2012, 2014-yillarda qayd etilgan.
Bundan oldingi yillarda yanada ham kuchli sovuqlar kuzatilgan. Shunday qilib, Toshkentda 1920-yilning dekabr oyi boshida termometr ustuni -20 darajagacha tushgan. Toshkentda dekabr oyining mutlaq minimal harorati -29 darajani tashkil etadi, haroratning bunday qiymati 1930-yil 20-dekabr kuni kuzatilgan.
Bu yil dekabrda mamlakat shimolida kuzatilgan sovuq hozircha yangi rekordlarni o‘rnatmadi. Respublika shimolida eng sovuq yillarning dekabr oyida minimal harorat -27...-30 darajagacha pasaygan. Ayrim kechalarda harorat ba’zi joylarda ushbu sana uchun eng past qiymatlargacha pasaydi, ammo bu harorat rekordi bo‘lmadi.