Nomuvofiq qadoqlangan tovarlar haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRossiya vvodit zapret na vvoz inostrannix tovarov
Rossiya vvodit zapret na vvoz inostrannix tovarov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2022
Obuna bo‘lish
Mukofot undirilgan jamiyat 20 foiziga teng miqdorda bo‘ladi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Nomuvofiq qadoqlangan tovarlar haqida vakolatli organlarni xabardor qilgan jismoniy shaxslar rag‘batlantiriladi. Bu haqida Monopoliyaga qarshi qo‘mita tomonidan ishlab chiqlgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.
Taklif qilinayotgan qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:
jismoniy shaxslar tomonidan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ-hujjatlarga nomuvofiq qadoqlangan tovarlarni sotish holatlari haqida fotosurat yoki videoyozuvlarni yuborishni;
yuborilgan fotosurat yoki videoyozuvlarni vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqishni;
ushbu huquqbuzarlik haqida vakolatli organlarni xabardor qilganlik uchun jismoniy shaxslarni bir martalik pul mukofoti shaklida rag‘batlantirish.
Nizomga ko‘ra, bir martalik pul mukofoti vakolatli organlarni huquqbuzarlik haqida xabardor qilgan jismoniy shaxsning bank kartasiga to‘lab beriladi.
Vakolatli organlar huquqbuzar shaxs tomonidan jarima to‘langan kundan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan, jismoniy shaxsga pul mukofotini uning bank kartasi ochilgan bankka o‘tkazib beradi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-yil 1-iyunga qadar ushbu qarorda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimini ishga tushirilishini ta’minlaydi.
Yangiliklar lentasi
0