Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi boshqa sanaga ko‘chirildi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i prezident Kirgizii Sadir Japarov pered seremoniyey sovmestnogo fotografirovaniya glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS).
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i prezident Kirgizii Sadir Japarov pered seremoniyey sovmestnogo fotografirovaniya glav stran - uchastnis Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, tashrif yil oxirigacha bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi qoldirildi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi.
Tashrif 10-dekabrga belgilangan edi. Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, tashrif yil oxirigacha amalga oshiriladi. Yangi sana hali e’lon qilinmagan.
Davlat tashrifi doirasida prezident Sadir Japarov bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish va qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 9-dekabr kuni Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston YeOIIda kuzatuvchi davlat hisoblanadi. Shu kuni ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0