Rossiya suvda ishlaydigan kichik kosmik dvigatel ishlab chiqaradi

© dreamstime.com/1971yesKosmicheskiy korabl na fone planeti Zemlya.
Kosmicheskiy korabl na fone planeti Zemlya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
Obuna bo‘lish
Suvda ishlaydigan dvigatellar kosmik kemalarni tuzatish va mo‘ljalni boshqarish tizimlari uchun ishlatilishi mumkin.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Kaliningraddagi “Fakel” korxonasi suvda ishlaydigan kichik kosmik dvigatelni ishlab chiqaradi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
"Fakel" bu dvigatellar bilan 30-yil avval "Energiya-Buran" loyihasi doirasida shug‘ullangan. O‘sha paytda butun majmua - suyuq dvigatellari va elektrolizatorlar ishlab chiqarish, elektr energiyasini to‘plash kompleksi mavjud edi.
Endilikda ushbu tizimning tarkibiy qismlaridan biri yangi ishlanmalarda ishtirok etadi va texnologik rivojlanishning yangi darajasida amalga oshiriladi.
Konstruktor Sergey Pridannikovning aytishicha, bunday dvigatellar kosmik kemalarni tuzatish va mo‘ljalni boshqarish tizimlari uchun ishlatilishi mumkin.
Endi bu maqsadlar uchun kripton yoki ksenon bilan ishlaydigan yoki toksik nosimmetrik dimetilgidrazin bilan ishlaydigan "zararsiz" elektr raketa dvigatellari qo‘llaniladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, suvdagi dvigatel gidrazinnikidan ancha past xavf sinfiga ega. Suvni sun’iy yo‘ldosh bortida saqlash mumkin, keyin esa maxsus elektrolizator yordamida uni kislorod va vodorodga parchalash mumkin, ular maxsus qurilmalarda to‘planadi.
Dvigatel yoqilganda, yoqilg‘i komponentlari dvigatelga etkazib beriladi. Bunday dvigatel o‘ziga xos katta impulsga ega.
Yangiliklar lentasi
0