https://oz.sputniknews.uz/20221208/er-osti-suvlari-30577532.html
Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar o‘z inshootini hisoblagich bilan jihozlashi shart bo‘ladi
Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar o‘z inshootini hisoblagich bilan jihozlashi shart bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Yer osti suvining sathi 5 metrdan ziyod pasaygan hududlarda quduqlar burg‘ilash va yer osti suvlaridan foydalanishga moratoriy joriy qilinadi. 08.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-08T11:56+0500
2022-12-08T11:56+0500
2022-12-08T11:56+0500
jamiyat
suv
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30577360_0:0:3335:1876_1920x0_80_0_0_37d40d8f5aefe2fb36cc3a7a9f487d26.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga 2024-yil 1-yanvarga qadar o‘z tasarrufidagi inshootlarni suv hisoblagich bilan jihozlash majburiyati qo‘yilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimotida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, yer osti suvlaridan tartibsiz foydalanish oqibatida ko‘p joylarda yer osti suvi kamayib ketmoqda. Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida uning sathi 5 metrgacha pasayib ketgan.Shunga qaramay, joylarda ruxsatsiz quduqlar burg‘ilash, yer osti suvlaridan nazoratsiz va hisobsiz foydalanish hamon davom etmoqda. Shu bois, prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, yer osti suvlari muhofazasini kuchaytirish va undan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.Unga ko‘ra, yer osti suvining sathi 5 metrdan ziyod pasaygan hududlarda quduqlar burg‘ilash va yer osti suvlaridan foydalanishga moratoriy joriy qilinadi.Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda quduqlarning 90 foizida hisoblagich yo‘qligi sababli yer osti suvlari sarfi to‘g‘risida aniq ma’lumot to‘plash imkoni bo‘lmayapti.Shuningdek, 2023-yil 1-apreldan boshlab har bir quduqqa alohida emas, balki quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish yo‘lga qo‘yiladi. Sathi pasayib ketayotgan yer osti suvi konlarini tubdan qayta baholash bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.Yer osti suvlarining holatini kuzatib borish, xavfli geologik jarayonlardan muhofaza qilishning yagona tizimini yaratish maqsadida Davlat geologik monitoring xizmati tashkil etiladi.Bu chora-tadbirlar yer osti suvining kamayish jarayonini to‘xtatish va boshqa hududlarda bunday holat yuzaga kelishining oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, suvdan hisobsiz foydalanishga chek qo‘yish, bu borada intizomni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Chuchuk suv manbalarini asrash va aholi uchun uzoq muddatga yetadigan zaxira yaratish muhimligini ta’kidladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30577360_359:0:3088:2047_1920x0_80_0_0_2f52aa9124b4ca069c99866296c3ad78.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
jamiyat, suv, o‘zbekiston
jamiyat, suv, o‘zbekiston
Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar o‘z inshootini hisoblagich bilan jihozlashi shart bo‘ladi
Yer osti suvining sathi 5 metrdan ziyod pasaygan hududlarda quduqlar burg‘ilash va yer osti suvlaridan foydalanishga moratoriy joriy qilinadi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga 2024-yil 1-yanvarga qadar o‘z tasarrufidagi inshootlarni suv hisoblagich bilan jihozlash majburiyati qo‘yilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan yer osti suvlarini muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlar taqdimotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, yer osti suvlaridan tartibsiz foydalanish oqibatida ko‘p joylarda yer osti suvi kamayib ketmoqda. Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim hududlarida uning sathi 5 metrgacha pasayib ketgan.
Shunga qaramay, joylarda ruxsatsiz quduqlar burg‘ilash, yer osti suvlaridan nazoratsiz va hisobsiz foydalanish hamon davom etmoqda. Shu bois, prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, yer osti suvlari muhofazasini kuchaytirish va undan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Unga ko‘ra, yer osti suvining sathi 5 metrdan ziyod pasaygan hududlarda quduqlar burg‘ilash va yer osti suvlaridan foydalanishga moratoriy joriy qilinadi.
Ta’kidlanishicha, hozirgi kunda quduqlarning 90 foizida hisoblagich yo‘qligi sababli yer osti suvlari sarfi to‘g‘risida aniq ma’lumot to‘plash imkoni bo‘lmayapti.
“Shuning uchun yer osti suvlaridan foydalanuvchilarga 2024-yil 1-yanvarga qadar o‘z tasarrufidagi inshootlarni suv hisoblagich bilan jihozlash majburiyati qo‘yilmoqda”, - deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati
xabarida.Shuningdek, 2023-yil 1-apreldan boshlab har bir quduqqa alohida emas, balki quduqlarni burg‘ilash faoliyatiga ruxsatnoma berish yo‘lga qo‘yiladi. Sathi pasayib ketayotgan yer osti suvi konlarini tubdan qayta baholash bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlari amalga oshiriladi.
Yer osti suvlarining holatini kuzatib borish, xavfli geologik jarayonlardan muhofaza qilishning yagona tizimini yaratish maqsadida Davlat geologik monitoring xizmati tashkil etiladi.
Bu chora-tadbirlar yer osti suvining kamayish jarayonini to‘xtatish va boshqa hududlarda bunday holat yuzaga kelishining oldini olishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, suvdan hisobsiz foydalanishga chek qo‘yish, bu borada intizomni kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Chuchuk suv manbalarini asrash va aholi uchun uzoq muddatga yetadigan zaxira yaratish muhimligini ta’kidladi.