Dekabrda "tiktokchilar" haqida film ekranlarga chiqadi - foto

Obuna bo‘lish
"Yoshlik" kinostudiyasi ijtimoiy tarmoqdan foydalanish oqibatida o‘smirning hayoti o‘lim bilan tugagani hafida Film suratga olmoqda.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Axborot hurujining yoshlar ongiga ta’siri haqida “Xaus” badiiy filmi suratga olinmoqda. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
“Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan ssenariy mualliflari Sh.Subhonov, H.Jomonqulov va postanovkachi rejissor J.Narziqulovning “Xaus” to‘liq metrajli badiiy filmi tasvirga olish ishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Film davomida bugungi kunda avj olib borayotgan axborot xurujining yoshlar ongiga ta’siri, ijtimoiy tarmoqlardan yaxshi maqsadlarda foydalanishi lozimligi to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Unda “Tiktok” ijtimoiy tarmog‘ida ayanchli videotasvirlarni tomosha qilgan o‘smirning oxir oqibat o‘lim bilan yakunlangan hayoti aks ettirilgan. O‘smir “Tiktok”dagi o‘lim bilan bog‘liq holatni o‘zi sinab ko‘radi va natijada halok bo‘ladi.
Kinofilm qahramonining onasi bevaqt vafot etgan o‘g‘lining xunini olish uchun “tiktochi”larni izlab shaharga keladi. Mazkur film kulminatsasida esa o‘smirning o‘limiga asosiy sabab “tiktokchi”lar emas, balki tarbiya ekanligi yanada ayon bo‘ladi.
Film premyerasi dekabr oyi o‘rtalarida o‘tkazilishi kutilmoqda.
© Kinematografiya agentligi
“Xaus” badiiy filmi  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Kinematografiya agentligi
“Xaus” badiiy filmi  - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Kinematografiya agentligi
“Xaus” badiiy filmi  - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Kinematografiya agentligi
“Xaus” badiiy filmi  - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0