https://oz.sputniknews.uz/20221208/baa-kompaniyalari-mdhga-oz-mahsulotlarini-ozbekiston-orqali-etkazib-berishi-kutilmoqda-30579059.html
BAA kompaniyalari MDHga o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston orqali yetkazib berishi kutilmoqda
BAA kompaniyalari MDHga o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston orqali yetkazib berishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
2023 yil yanvar oyining birinchi yarmida BAAda o‘zbek kompaniyalari ishtirokida hamkorlik birjasi tashkil etiladi. 08.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-08T13:45+0500
2022-12-08T13:45+0500
2022-12-08T13:45+0500
baa
o‘zbekiston
mdh
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30579205_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_232297e7b34b60ea2c079ca80380c48e.jpg
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kompaniyalari o‘z mahsulotlarini MDH bozorlariga O‘zbekiston orqali yetkazib berishi kutilmoqda. Buning uchun mamlakat hududida Amirlik mahsulotlari mahalliylashtiriladi.O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobovning BAAga tashrifi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Amirlik hukumatining Dubay “Rahala” dasturi doirasida o‘tkazilgan Biznes seminarda ishtirok etdi.Mazkur tadbir Amirlik ishbilarmon doiralari uchun Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning sarmoyaviy va savdo salohiyatini ochishga qaratildi. Unda 80dan ortiq Amirlik kompaniyalari ishtirok etdi.Seminar doirasida Eronning Bander-Abbas dengiz porti orqali O‘zbekistondan BAA bozoriga mahsulot olib kirish muammolari, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini BAA, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozorlariga yetkazib berishning muqobil variantlari alohida muhokama qilindi.Bundan tashqari, Dubay Savdo sanoat palatasi rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi va 2023-yil yanvar oyining birinchi yarmida BAAda farmatsevtika, qurilish, yashil energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika va boshqa sohalardagi o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik birjasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
baa
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/08/30579205_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_0bf71caa93e95d8ddf170fd2d9c9454b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
baa, o‘zbekiston, mdh, iqtisod
baa, o‘zbekiston, mdh, iqtisod
BAA kompaniyalari MDHga o‘z mahsulotlarini O‘zbekiston orqali yetkazib berishi kutilmoqda
2023 yil yanvar oyining birinchi yarmida BAAda o‘zbek kompaniyalari ishtirokida hamkorlik birjasi tashkil etiladi.
TOShKENT, 8 dek — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) kompaniyalari o‘z mahsulotlarini MDH bozorlariga O‘zbekiston orqali yetkazib berishi kutilmoqda. Buning uchun mamlakat hududida Amirlik mahsulotlari mahalliylashtiriladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobovning BAAga tashrifi doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Amirlik hukumatining Dubay “Rahala” dasturi doirasida o‘tkazilgan Biznes seminarda ishtirok etdi.
Mazkur tadbir Amirlik ishbilarmon doiralari uchun Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonning sarmoyaviy va savdo salohiyatini ochishga qaratildi. Unda 80dan ortiq Amirlik kompaniyalari ishtirok etdi.
Seminar doirasida Eronning Bander-Abbas dengiz porti orqali O‘zbekistondan BAA bozoriga mahsulot olib kirish muammolari, shuningdek, O‘zbekiston mahsulotlarini BAA, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bozorlariga yetkazib berishning muqobil variantlari alohida muhokama qilindi.
“Amirlik kompaniyalari ham o‘z mahsulotlarini MDH bozorlariga reeksportni tashkil etish maqsadida O‘zbekiston hududida o‘z mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga qiziqish bildirdi”, - deyiladi palata xabarida.
Bundan tashqari, Dubay Savdo sanoat palatasi rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi va 2023-yil yanvar oyining birinchi yarmida BAAda farmatsevtika, qurilish, yashil energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, elektrotexnika va boshqa sohalardagi o‘zbek kompaniyalari bilan hamkorlik birjasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.