Toshkentdagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
TOShKENT, 6 dek — Sputnik. Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, soat 20:03da Toshkent shahar Yangihayot tumani “Viqor” MFY Yo‘ldosh 6-dahasida joylashgan 2 qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:06da voqea joyiga yetib borib, soat 20:40da yong‘in bartaraf etilgan.
“Yong‘in natijasida xonadonning taxminan 100 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘inni bartaraf etish jarayonida xonadondan 2 nafar fuqarolarni kuygan holdagi jasadlari topilgan”, deyiladi xabarda.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Shuningdek, hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari ham yetib borgan.
Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0