Bir guruh Rossiya fuqarolari “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlandi

© SputnikNagrudniy znak "Xalklar dustligi"
Nagrudniy znak Xalklar dustligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida 6 nafar Rossiya fuqarosini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 7 dek — Sputnik. Bir guruh Rossiya fuqarolari “Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni va “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Bugun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida 6 nafar Rossiya fuqarosini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Xalqlar do‘stligi” ko‘krak nishoni
Dmitriy Volvach - Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari;
Aleksey Gruzdev - Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari;
Mixail Ivankov - Mehnat va bandlik federal xizmati rahbari.
“Do‘stlik” ordeni
Zelfira Tregulova - Davlat Tretakov galereyasining bosh direktori;
Alevtina Chernikova - MISiS Milliy tadqiqot texnologik universiteti rektori;
Vladimir Malishev - S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya universiteti rektori.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Hukumat qarori bilan "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda boshqa yuridik shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashda nomzodning xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan do‘stlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati inobatga olinadi.
Taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari mikdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.
Yangiliklar lentasi
0